Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyida” - "Soliq forumi – 2026" tadbiri davom etmoqda.
2026-02-17 12:50:00 / Qo'mita yangiliklari

"Soliq forumi – 2026"
Poytaxtimizdagi "Yoshlar ijod saroyida” - "Soliq forumi – 2026" tadbiri davom etmoqda.
Mazkur forum davlat va biznes o‘rtasida ochiq hamda mazmunli muloqotni ta’minlovchi zamonaviy professional platforma hisoblanadi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolarining faol ishtiroki asosida tashkil etilgan.
Forum ishini Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Pulatov ochib berdi. “Bugungi uchrashuvimiz shunchaki navbatdagi rasmiy yig‘ilish emas, balki barchamiz uchun yangi bilim va ko‘nikmalarga boy, amaliy ahamiyatga ega muloqot bo‘lishini istayman”, deb alohida ta’kidladi Soliq qo‘mitasi rahbari.
Plenar sessiyalar davomida esa strategik yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda. Xususan, “Soliq ma’muriyatchiligini modernizatsiya qilish va raqamlashtirishni chuqurlashtirish”, “Soliq qonunchiligini qo‘llash amaliyoti va yagona metodologik yondashuvlarni shakllantirish”, “Soliq nizolarini hal etishning samarali sudgacha va sud mexanizmlari”, “Biznes muhitiga ta’sir etuvchi soliq siyosatidagi asosiy trendlar va o‘zgarishlar” mavzulari yuzasidan atroflicha fikr mulohazalar va takliflar bildirildi.
E’tiborli tomoni forumda ishtirok etayotgan 700 nafar yirik soliq to‘lovchilar, moliya direktorlari, bosh buxgalterlar, soliq maslahatchilari, auditorlar hamda soliq to‘lovchilar orasida Biznesingizdagi joriy soliq yukini qanday baholaysiz?, Soliq o‘zgarishlariga tayyorgarlik ko‘rishga ulgurasizmi?, Biznesni birinchi navbatda nima “soyaga” o‘tishga majbur qiladi? mavzularda so‘rovnoma o‘tkazilib, uning yakuni bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Forum ishi davom etmoqda.







