“Soliq forumi – 2026”ga taklif etamiz
2026-02-10 10:05:00 / Ommaviy tadbirlar
17-fevral kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha Toshkent shahrida (shuningdek, onlayn formatda) moliyaviy direktorlar, yirik soliq to‘lovchilarning vakillari va bosh buxgalterlar, soliq maslahatchilari hamda soliq sohasi mutaxassislarini birlashtiruvchi “Soliq forumi – 2026” tashkil etiladi (https://events.acfp.uz/uz/soliq-forumi-2026).
Forum doirasida qonun ijodkorlari va yetakchi moliyachilar quyidagi masalalarni muhokama qiladilar:
▫️ soliq ma’muriyatchiligi va raqamlashtirishning rivoji
▫️ soliq qonunchiligini qo‘llash amaliyoti
▫️ soliq nizolarini sudgacha va sud tartibida hal etish mexanizmlari
▫️ biznesga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy trendlar va o‘zgarishlar
👀 Format: oflayn + onlayn
📆 Sana: 17-fevral
💰 Ishtirok narxi: bepul (oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi)
👉Forumda ishtirok etishingiz uchun quyidagi sayt (https://events.acfp.uz/uz/soliq-forumi-2026) orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
