“Soliq forumi – 2026”ga taklif etamiz
2026-02-17 08:00:00 / E’lonlar va tenderlar

“Soliq forumi – 2026”ga taklif etamiz
17-fevral kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha Toshkent shahrida (shuningdek, onlayn formatda) moliyaviy direktorlar, yirik soliq to‘lovchilarning vakillari va bosh buxgalterlar, soliq maslahatchilari hamda soliq sohasi mutaxassislarini birlashtiruvchi “Soliq forumi – 2026” tashkil etiladi.
Forum doirasida qonun ijodkorlari va yetakchi moliyachilar quyidagi masalalarni muhokama qiladilar:
▫️ soliq ma’muriyatchiligi va raqamlashtirishning rivoji
▫️ soliq qonunchiligini qo‘llash amaliyoti
▫️ soliq nizolarini sudgacha va sud tartibida hal etish mexanizmlari
▫️ biznesga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy trendlar va o‘zgarishlar
Format: oflayn + onlayn
Sana: 17-fevral
Ishtirok narxi: bepul (oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi)
Forumda ishtirok etishingiz uchun quyidagi sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
