Filiallarga ega yuridik shaxs: JShODS hisobotini qanday va qayerga topshirish kerak
2026-02-11 09:55:00 / Qo'mita yangiliklari

Filiallarga ega yuridik shaxs: JShODS hisobotini qanday va qayerga topshirish kerak
Soliq agentlari – Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, shu jumladan filiallari va (yoki) alohida tarkibiy boʻlinmalari mavjud boʻlgan hamda ushbu filial va (yoki) boʻlinmalarda xodimlar soni 25 nafardan oshgan taqdirda, mazkur filiallar va (yoki) alohida boʻlinmalar xodimlari boʻyicha soliq hisobotini ular hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
Soliq kodeksining 389-moddasi
Misol uchun, yuridik shaxs Toshkent shahar Shayxontohur tumanidan roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, jami 100 nafar ishchisi mavjud. Shundan 30 nafari Navoiy shahrida va 35 nafari Qoʻqon shahrida joylashgan filiallarda ishlaydi.
Shuningdek, jismoniy shaxsdan Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan noturar bino ijaraga olingan.
Mazkur holatda, soliq agenti quyidagi hududlarga alohida-alohida hisobotni shakllantiradi:
📍 Navoiy shahri va Qoʻqon shahriga – faqat filiallar va (yoki) alohida boʻlinmalar xodimlari boʻyicha, “filial” maqomini tanlagan holda, 4- va 5-ilovalar bilan;
📍 Buxoro shahriga – faqatgina ijaraga olgan noturar bino boʻyicha hisobotni “filial” maqomini tanlab shakllantiradi va yuboradi. Bunda, hisob-kitobning 5-ilovasida mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar fuqarolar kesimida koʻrsatiladi.
📍 Shayxontohur tumaniga – hisob-kitobning “bosh ofis” maqomini tanlab hisob-kitobning 4 va 5-ilovalarini (barcha “filial” maqomida shakllantirilib, taqdim etilgan hisobot maʼlumotlarini) yuklab, hisob-kitobni shakllantiradi.
Muhim. Soliq agentlari ijaradan olingan daromad bo‘yicha to‘lov manbaida soliq hisoblaganda 5-ilovaning 7-ustuniga “2 - mol-mulkni ijaraga berishdan daromad”ni tanlashi lozim.
Eslatib oʻtamiz: 16-fevral – 2025-yil hamda yanvar oyi uchun JShODS va ijtimoiy soliq hisobotlarini taqdim etishning oxirgi muddati.
