Navoiyni ulug‘lash – bu o‘tmishni eslash bilan birga kelajakni ma’rifat bilan qurish demakdir
2026-02-09 16:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Navoiyni ulug‘lash – bu o‘tmishni eslash bilan birga kelajakni ma’rifat bilan qurish demakdir
Bugun poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk shoir tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatimiz ilm-fan namoyondalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, adabiyotshunos olimlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Jumladan, Soliq qo‘mitasi jamoasi nomidan ham Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.
Navoiy so‘zi — zamonlar osha yashaydigan, inson qalbini uyg‘otadigan, tafakkurni yuksaklikka chorlaydigan ruhiy kuchdir.
Uning har bir misrasi nafaqat adabiy meros, balki hayot maktabi, axloqiy dasturdir.
Shu ma’noda, bugungi tadbir ham ulug‘ bobomizga ehtirom ramzi bo‘lish bilan birga, yosh avlodni milliy o‘zlik, ma’naviy poklik va ma’rifatga chorlashga xizmat qildi.



