2026-yil 1-iyuldan boshlab EHFda qurilish resurslariga tegishli umumiy Mahsulotlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK)dan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi
2026-02-04 10:20:00 / Qo'mita yangiliklari

2026-yil 1-iyuldan boshlab EHFda qurilish resurslariga tegishli umumiy Mahsulotlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK)dan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi
Avval xabar qilinganidek, Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi bilan integratsiya qilindi.
Milliy klassifikatorda qurilish resurslarining batafsil texnik tavsiflari keltirilgan bo‘lib, qurilish resurslari uchun 200,8 mingta detallashtirilgan MXIK kodlari, shuningdek ularga qat'iy o‘lchov birliklari biriktirildi.
Barcha turdagi qurilish resurslari uchun detallashtirilgan MXIK kodlari yaratilganligini inobatga olib, EHFni rasmiylashtirishda foydalanilayotgan qurilish resurslariga tegishli ayrim turdagi umumiy MXIKlarga 2026-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich cheklov kiritiladi.
Cheklov kiritiladigan umumiy MXIKlar roʻyxati qoʻshimcha ravishda bosqichma-bosqich joylashtirilib boriladi.
Tadbirkorlar oʻz mahsulotlari uchun aniq MXIKni belgilash yoki yangi MXIK yaratish maqsadida https://mkinfo.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinet orqali elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda, soʻrov oynasida tegishli maydonlarni toʻldirib, elektron murojaat yuborishlari mumkin.
Yuqorida qayd etilgan tartib boʻyicha savollar tugʻilgan taqdirda, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan ishchi guruhga Telegram https://t.me/mkinfo_support
yoki quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
(+998) 71 210-11-04 (ichki 6005, 6006, 6007)
Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Matbuot xizmati
