Mening soligʻim — yurtim iqboli
2026-02-01 09:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq qoʻmitasi tashabbusi bilan soliq madaniyati va bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari va aksiyalar oʻtkazilishi davom etmoqda.
Navbatdagi "Mening soligʻim — yurtim iqboli" loyihasi doirasidagi aksiya 2-fevral kuni Xorazm viloyati “Darital” savdo majmuasi (Supermarket)da boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Unda yashirin iqtisodiyot, xususan, savdo tushumlarini yashirish, soliqdan qochish va norasmiy bandlikning salbiy oqibatlari hamda soliq imtiyozlari va yengilliklar, soliqlarning turlari va muddatlari xususidagi savollarga toʻgʻri javob bergan fuqarolarga viloyat soliq boshqarmasining maxsus sovgʻalari ulashiladi.
Boshlanish vaqti soat 15:00.
Ushbu aksiyada yurtimizning barcha yoshlari, tadbirkorlari va keng aholini taklif qilamiz!
