Markirovka tizimini samaradorligini oshirish, sifatli va xavfsiz mahsulotlarni isteʼmolchilarga yetkazish hamda raqobatni himoya qilishga qaratilgan asosiy oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2026-01-30 14:55:00 / Qo'mita yangiliklari

Markirovka tizimini samaradorligini oshirish, sifatli va xavfsiz mahsulotlarni isteʼmolchilarga yetkazish hamda raqobatni himoya qilishga qaratilgan asosiy oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Quyidagi yangiliklar joriy etiladi:
▫️ 2026-yil 1-iyuldan boshlab oʻsimlik yogʻini raqamli markirovkalash mexanizmlarini joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi va 2027-yil 1-iyuldan mazkur mahsulot turi uchun majburiy raqamli markirovkalash tizimi tatbiq etiladi;
▫️ tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalashni joriy etish muddatlari uzgartirilib, 2027-yil 1-iyulga qadar uzaytirildi;
▫️ majburiy raqamli markirovkalash tatbiq etiladigan mahsulotlar roʻyxatidan maishiy texnika turkumiga kiruvchi lampalar va shu turdagi mahsulotlar chiqarib tashlandi;
▫️ tarkibida 95 % ortiq sut boʻlgan sutli ichimliklar (kokteyllar)ga nisbatan majburiy raqamli markirovkalash talabi qoʻllanilmasligi belgilandi.
Majburiy raqamli markirovka qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat choralari kuchaytirildi:
- raqamli markirovka qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etiladi;
- hududlararo soliq inspeksiyasi tomonidan masofaviy soliq tekshiruvi tartibi joriy etiladi.
2026-yil 1-iyuldan boshlab:
- EHFlarni shakllantirishda litsenziya yoki xabardor qilish hujjati mavjudligi, “Asl belgisi”da roʻyxatdan oʻtganlik hamda markirovka kodlarining toʻgʻri aks ettirilishi tekshiriladi.
- Markirovkalanishi lozim mahsulotlar chakana savdo subyektlariga realizatsiya qilinganda, markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni taʼminlovchi maxsus qurilmalar mavjud boʻlgan taqdirda EHFlar shakllantiriladi;
- onlayn-NKT cheklarida markirovka kodi kiritilganda, ushbu kodga biriktirilgan MXIK kodi avtomatik tarzda shakllantirilishi hamda tovarlar uchun axborot tizimida mavjud markirovka kodlarining majburiy aks ettirilishi belgilandi.
- Bundan tashqari, raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar vositachilik shartnomalari doirasida realizatsiya qilinganda, EHF va onlayn-NKT cheklarida markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish majburiyati komissioner zimmasiga yuklanishi nazarda tutiladi.
