Kommunikatsiyaning yangi yondashuvlari: hududiy matbuot xizmatlari uchun amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda
2026-01-30 12:25:00 / Qo'mita yangiliklari

Kommunikatsiyaning yangi yondashuvlari: hududiy matbuot xizmatlari uchun amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda
"PRdagi zamonaviy tendensiyalar" mavzusidagi oʻquv seminarining ikkinchi kuni Toshkent viloyatida joylashgan Gʻazalkent sogʻlomlashtirish markazida davom etmoqda.
Seminar dasturi amaliy mashgʻulotlar, interaktiv formatlar hamda kasbiy tajriba almashishga qaratilgan tadbirlarga boy boʻlib, u hududiy soliq xizmati organlari matbuot xizmatlari xodimlarini kommunikatsiya va axborot siyosati sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun bir joyga jamladi.
Ishtirokchilarning asosiy eʼtibori ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan samarali hamkorlik qilishning muhim talablariga, shuningdek soliq qonunchiligidagi soʻnggi oʻzgarishlarni soliq toʻlovchilarga tushunarli, sodda va xalqchil tilda yetkazishning zamonaviy yondashuvlariga qaratildi.
Seminar doirasida mutaxassislar tomonidan mavzuli taqdimotlar oʻtkazilib, yangi gʻoyalarni ishlab chiqish va kommunikatsiya vositalarini takomillashtirishga qaratilgan ijodiy fikrlash sessiyalari tashkil etildi.



