Yirik soliq to‘lovchilar aprel oyi uchun elektron TTYlarni 1-iyungacha rasmiylashtirishi mumkin
2024-05-21 11:40:00 / Qo'mita yangiliklari
Avval xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.
Tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirilmoqda.
Soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘p sonli soliq to‘lovchilarning murojaatlari inobatga olinib, aprel oyida rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan elektron TTYlarni joriy yilning 1-iyuniga (01.06.2024 y.) qadar rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.
Hurmatli soliq to‘lovchilar, Sizlardan o‘tgan davrda rasmiylashtirilmasdan qolgan elektron TTYlarni berilgan muddatda to‘liq rasmiylashtirish choralarini ko‘rishingiz so‘raladi.
