Soliq hisoboti va to‘lov topshiriqnomalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi
2024-05-21 09:00:00 / Qo'mita yangiliklari
Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Soliq kodeksi 220-modda
Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
YTTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
MJTK 175-modda 2-qism
Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
MJTK 175-modda 5-qism
Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda
