Mahalla soliq inspektori faoliyatida ijobiy koʻrsatkichlar
2025-12-25 09:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanining “Eski qalʼa” va “Paxtakor” mahallalariga biriktirilgan mahalla soliq inspektori Bobir Norboyev joriy yilda samarali faoliyati bilan ajralib turibdi.
Uning aholi va tadbirkorlar bilan olib borayotgan ochiq muloqoti hamda aniq tushuntirish ishlari natijasida mazkur mahallalarda toʻlov intizomi oshmoqda. Inspektorning mehnati samaradorlik koʻrsatkichlarida ham oʻz aksini topib, u oyma-oy 90 balldan yuqori reyting natijalarini qayd etmoqda.
Maʼlumki, aholining soliq madaniyatini yuksaltirishda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Shu hamjihatlik orqali hududda tadbirkorlik faoliyati faollashib, joriy yilda 70 nafardan ortiq fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtdi, 50 ga yaqin ishbilarmon esa oʻz faoliyatini kengaytirdi.
Xulosa qilib aytganda, soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish boʻyicha belgilangan vazifalar amalda oʻz samarasini bermoqda.
