Bugun Soliq qo‘mitasining yangi media studiyasi faoliyati bilan tanishdim.
2025-12-16 14:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Tashrif davomida Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i - matbuot kotibi To‘ra To‘rayev bilan birgalikda studiyaning texnik imkoniyatlari va 2026-yilga mo‘ljallangan loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Soliq siyosatini keng jamoatchilikka samarali va tushunarli yetkazishda media makonida proaktiv ishlash muhimligini ta’kidladim.
Aholi va tadbirkorlar bilan yanada ta’sirchan ishlash uchun zamonaviy kommunikatsiya shakllaridan, raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanish zarurligini qayd etdim.
Bu borada Soliq qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasiga muvaffaqiyatlar tilayman.







