Umumiy ovqatlanish korxonalari 1,4 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan
2025-12-15 17:40:00 / Infografika

2025-yil yanvar-oktabr oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 20 318 ta yuridik shaxs tomonidan 1,4 trln so‘m soliq to‘langan. Shundan, 275,1 mlrd so‘mi, ya’ni 19,5%i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 3,8 trln so‘m, qo‘llanilgan soliq imtiyozlari esa 39,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan to‘langan tushumlar soliq turlari kesimida:
▫️ QQS – 115,4 mlrd so‘m;
▫️ JShODS - 73,4 mlrd so‘m;
▫️ foyda solig'i – 47,6 mlrd so‘m;
▫️ ijtimoiy soliq – 33 mlrd so‘m;
▫️ boshqa soliqlar - 5,7 mlrd so‘m.
Umumbelgilangan soliqlarni ma'muriyatchiligi departamenti
