Yuridik shaxslar uchun mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha soliq hisobotlari proaktiv tartibga oʻzgaradi
2025-12-14 12:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq hisobotlari proaktiv tartibga oʻzgarishi nima degani?
2026-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi hisobotlarini shakllantirish vazifasi soliq organlariga oʻtkaziladi va mazkur majburiyat soliq toʻlovchilar uchun bekor qilinadi.
Yangi tartib boʻyicha:
- soliq toʻlovchilarga soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hisobotlar yuborilgan kundan boshlab 5 ish kun ichida zarur tuzatishlarni kiritish va tuzatish kiritilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqi beriladi.
Soliq hisobotlarining toʻgʻri va ishonchli shakllantirilishini taʼminlash maqsadida, soliq solish obyektiga ega boʻlgan yuridik shaxslardan joriy holatga maʼlumotlarni koʻzdan kechirib chiqishlari soʻraladi.
Agar hisobotdagi maʼlumotlar bilan korxonalarga tegishli koʻchmas mulk va yer uchastkasi maydonlari yoki yer toifalari oʻrtasida tafovutlar aniqlansa, ularni kadastr organlari maʼlumotlari bilan taqqoslash tavsiya etiladi.
