Raisga yangi yil maktubi – qalbdan chiqqan samimiyat va moʻjizaga ishonch bilan!
2025-11-20 09:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Raisga yangi yil maktubi – qalbdan chiqqan samimiyat va moʻjizaga ishonch bilan!
Soliq qoʻmitasi «Raisga Yangi yil maktubi» deb nomlangan ezgu aksiya start olganini maʼlum qiladi.
Aksiyada soliq organlari xodimlarining 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan farzandlari ishtirok etishlari mumkin.
Yosh ijodkorlarni Soliq qoʻmitasi Raisiga samimiy maktub yozishga chorlaymiz.
Maktubda bolajonlar quyidagilarni yoritishi lozim:
- ushbu yil davomida qoʻlga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlari;
- soliq xizmatida ishlovchi ota-onasining kasbini oʻzi qanday tushunishi va tasavvur qilishi;
- Yangi yilda qanday sovgʻa olishni orzu qilishi.
Maktub albatta qoʻlda yozilgan boʻlishi kerak.
Rasmlar, bezaklar yoki kichik qoʻl mehnati buyumlari orqali ijodiy bezatishga ruxsat etiladi.
Maktublarni yuborish tartibi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan ishtirok etuvchi bolalar oʻz ishlarini dushanba–juma kunlari soat 11:00 dan 13:00 gacha quyidagi manzilga qogʻoz shaklida topshirishlari mumkin:
Toshkent shahri, 100011, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 13-a uy.
Hududlardan yuboriladigan maktublar skaner qilib, jamoatchilik@soliq.uz elektron manziliga yuboriladi.
Maktublar 20-noyabrdan 1-dekabrgacha qabul qilinadi.
Qabul yakunlanganidan soʻng ijodiy ishlar maxsus tuzilgan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Natijalar va taqdirlash
20-dekabr kuni eng samimiy va ijodkorona yozilgan maktublar mualliflari tantanali ravishda taqdirlanadi.
Komissiya qarori yakuniy hisoblanib, muhokama qilinmaydi va qayta koʻrib chiqilmaydi.
Barcha ishtirokchilarni ushbu aksiyada faol qatnashib, bayramga iliqlik, ijod va quvonch bagʻishlashga taklif qilamiz!
