Elektron xarid qilish dalolatnomalari: biznes uchun yanada oshkoralik va qulaylik
2025-11-06 15:05:00 / Infografika

Elektron xarid qilish dalolatnomalari: biznes uchun yanada oshkoralik va qulaylik
Ma’lumki, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari (https://t.me/soliqnews/14789), 2025-yil 1-martdan esa eksportyorlar (https://t.me/soliqnews/15495) jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olganda xarid qilish dalolatnomalarini elektron shaklda rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ldi. Buning natijasida bozor talablari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining realizatsiya hajmini tizimli tahlil (https://t.me/fiskaltahlil/1289) qilish imkoni yaratildi.
Muhim
Xarid qilish dalolatnomalarini shakllantirishda sotuvchi jismoniy shaxsning JSHSHIR raqamini ko‘rsatish talab qilinmaydi.
2025-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra:
🔹 425 ta umumiy ovqatlanish korxonalari jismoniy shaxslardan 190 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 199 mlrd so‘mga sotib olgan;
🔹 389 ta eksportyor tashkilotlar 108 turdagi shunday mahsulotlarni 5,8 trln so‘mdan ortiq summaga xarid qilgan.
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan eng ko‘p xarid qilingan mahsulotlar:
mol go‘shti – 626 tonna, 69,8 mlrd so‘m;
qo‘y go‘shti – 185 tonna, 24,3 mlrd so‘m;
guruch – 471 tonna, 10,4 mlrd so‘m;
pomidor – 670 tonna, 9,2 mlrd so‘m.
Eksportyorlar orasida eng talabgor mahsulotlar:
uzum – 71 ming tonna, 902,9 mlrd so‘m;
shaftoli – 53,7 ming tonna, 665,9 mlrd so‘m;
gilos – 23,1 ming tonna, 587,7 mlrd so‘m;
quritilgan mevalar – 31 ming tonna, 566,3 mlrd so‘m.
Xarid qilish dalolatnomalarini elektron shaklda joriy etish hujjat aylanmasini soddalashtirdi va oshkoralikni oshirdi. Bu mexanizm daromadlarni legallashtirish, ochiq bozorni shakllantirish va agrar sohada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
QQS ma'muriyatchiligi departamenti
