Qo‘qon shahrida Korrupsiya qarshi kurashish agentligi ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda
2025-03-25 10:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari boshchiligida kuni kecha o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga tumanlar darajasiga tushib, maishiy va tizimli korrupsiya omillarini chuqur o‘rganish, tahlillar asosida aniq choralarni ishlab chiqib, Milliy kengashga taqdim etish vazifasi yuklatilgan edi. Bugun Qo‘qon shahridagi sog‘liqni saqlash, ta'lim tizimi idoralari, kadastr, qurilish, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi va tijorat banklarida olib borilgan o‘rganishlar shahrimizda bu borada mavjud muammo-masalalarni hal etishga qaratilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari – Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i Mavlyanov Umed Asliddinovich boshchiligidagi ishchi guruhi hamda Farg‘ona viloyati Korrupsiyaga qarshi kurash hududiy kengashi mutasaddilari hamkorligida joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.




