Qo‘qon shahrini yangi rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi
2025-07-17 15:40:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Turkiyalik hamkorlar bilan Qo‘qon shahrini rivojlantirish konsepsiyasini muhokama etdi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Turkiyalik hamkorlar bilan Qo‘qon shahrini rivojlantirish konsepsiyasini muhokama etdi.
Qo‘qon shahrida turli sohalar uchun mas’ul rahbarlar, tarixchi olimlar, va faxriylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan muloqotda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Master rejalar ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Shaxobiddin Sharipov ham ishtirok etdi.
Muzokaralar chog‘ida Qo‘qon shahrining kelajakdagi arxitekturaviy qiyofasi, turli soha va yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan rivojlantirish konsepsiyasi, uni ishlab chiqishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama etildi.




