Qo‘qon shahrida farmatsevtika sohasi xodimlariga e’tibor ko‘rsatildi
2026-11-07 07:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahrida «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni» munosabati bilan farmatsevtika sohasi vakillari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda soha xodimlarining aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash, farmatsevtika xizmatlarini rivojlantirish hamda inson salomatligini muhofaza qilishdagi muhim o‘rni e’tirof etildi.
Shuningdek, mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, mahalliy dori vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining sifatli dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati ta’kidlandi.
Kasbiga sadoqati va namunali mehnati bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan soha vakillariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbiri xushovoz xonandalar ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.









