Qöqon şahrida «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni» keng nişonlandi
2026-11-12 07:10:00 / Yangiliklar

Tantanali tadbirda iştirok etgan Qöqon şahar hokimi Marufjon Usmonov barçani kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, sönggi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining taşabbuslari bilan tibbiyot va farmatsevtika sohalarini rivojlantiriş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş borasida olib borilayotgan keng kölamli islohotlarni e’tirof etdi.
Xususan, sönggi ön yilda mamlakatimizda 10 million aholiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşirilgani, 58 mingta şifo örni yaratilgani, tibbiy xizmatlar hajmi uç barobarga oşgani ta’kidlandi. Ilgari faqat xorijiy davlatlarda bajarilgan yuzdan ortiq yuqori texnologiyali tibbiy amaliyotlar, jumladan, a’zolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi, tuğma yurak nuqsonlarini davolaş va boş miyadagi murakkab operatsiyalarni bugungi kunda mamlakatimizda ham ötkaziş imkoniyati yaratilganiga e’tibor qaratildi.
Şuningdek, joriy yil 27-oktabr kuni Prezidentimiz tomonidan tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan ötkazilgan uçraşuvda belgilangan ustuvor vazifalar haqida söz yuritildi. Birlamçi tibbiy yordam sifatini oşiriş, kasalliklarni erta anıqlaş, oilaviy şifokorlar faoliyatini kuçaytiriş, zamonaviy diagnostika, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni tibbiyotga keng joriy etiş, soha xodimlarining ijtimoiy himoyasini mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslarning ahamiyati ta’kidlandi.
Qöqon şahar hokimi uşbu islohotlarning amaliy natijalari Qöqon şahrida ham öz ifodasini topayotganini qayd etdi. Bugungi kunda Qöqon şahrida 1 ta köp tarmoqli markaziy va 11 ta oilaviy poliklinika aholiga xizmat körsatmoqda. Sönggi yillarda 9-sonli oilaviy poliklinika uçun qariyb 7 milliard söm mablağ hisobiga yangi bino barpo etildi, 2-sonli poliklinika rekonstruksiya qilindi, 6-sonli oilaviy poliklinika tubdan ta’mirlandi.
Yaqinda esa 36 ming nafar aholiga xizmat körsatişga möljallangan 8-sonli oilaviy poliklinikaning zamonaviy uç qavatli binosi foydalanişga topşirildi. Mazkur muassasani qayta quriş va ta’mirlaş işlariga respublika budjetidan 6 milliard 875 million söm, jihozlaş uçun şahar mahalliy budjetidan 600 million söm mablağ yönaltirildi.
Şu bilan birga, Qöqon şahrida xususiy tibbiyot sohasi ham izçil rivojlanmoqda. Jumladan, 2025-yilda 80 örinli «AKIF» tibbiyot markazi, joriy yil noyabr oyida esa 70 örinli «Qöqon Orto Servis» xususiy klinikasi foydalanişga topşirildi. Bu kabi loyihalar aholining zamonaviy taşxis va davolaş xizmatlaridan öz hududida foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Marufjon Usmonov inson salomatligini asraş, bemorlarga umid va hayot bağişlaş yölida fidokorona mehnat qilayotgan barça tibbiyot xodimlariga samimiy minnatdorlik bildirib, ularning şarafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Bayram tadbirida özining namunali xizmati, kasbiga sadoqati va fidokorona mehnati bilan hamkasblariga örnak bölib kelayotgan soha vakillari hamda faxriylarga taşakkurnomalar va esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi. Şundan söng bayram tantanalari xuşovoz xonandalar va san’atkorlar iştirokidagi rang-barang konsert dasturi bilan davom etdi. Ijro etilgan kuy-qöşiqlar, diltortar musiqiy çiqişlar yiğilganlarga kötarinki kayfiyat va bayramona şukuh bağişladi.
Inson hayoti va salomatligini asraşdek ezgu maqsadga xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarining maşaqqatli mehnati har qanday e’tirofga munosib. Qöqonda ötkazilgan bayram tadbiri ham el salomatligi yölida fidoyilik körsatayotgan soha vakillariga bölgan yuksak hurmat va ehtiromning yana bir ifodasi böldi.






