Qöqon şahar hokimi yoşlar bilan muloqot qilib, muammo-masalalarini örgandi
2026-10-29 10:30:00 / Yangiliklar
Yoşlar kuni tadbirlari doirasida bölib ötgan muloqot çoğida yoşlarning işga joylaşiş, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş va boshqa masalalarga oid murojaatlari örganilib, ularni joyida hal etiş çoralari körildi.

Xususan, mutasaddilarga kelib tuşgan murojaatlar asosida yoşlarni munosib iş örinlariga joylaştiriş, kasb-hunarga öqitiş, biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanişda amaliy kömak körsatiş böyiça vazifalar belgilab berildi.
Har bir murojaatga individual yondaşiş, qöşimça örganiş talab etiladigan masalalarni mas’ullar iştirokida körib çiqib, aniq yeçimga yönaltiriş zarurligi ta’kidlandi.
Muloqot davomida yoşlarning taklif va taşabbuslari ham tinglandi. Ularning bilim olişi, öz iqtidorini namoyon etişi va jamiyatda munosib örin egallaşi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş ustuvor vazifa ekani qayd etildi.






