Qo‘qon shahrida 21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda
2026-10-21 13:10:00 / Yangiliklar
Tantanali marosimda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan o‘zbek tilining nufuzi va ahamiyatini oshirish, o‘zbek tilining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etib, barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Bayram tadbirida turli sohalarda fidokorona mehnat qilib, yuksak natijalarga erishayotgan hamshaharlarimizga Qo‘qon shahar hokimining Tashakkurnomalari va turli darajadagi mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar tomoshaga to‘plangan ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxshida etdi.









