Qo‘qon shahrida budjet tushumlarini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda
2026-10-21 10:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov soliq idorasi va mahalla tizimi mutasaddilari bilan muloqotda bo‘lib, mahallalarda biznes mikroloyihalarini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholini kichik biznes va tadbirkorlikka yo‘naltirish, ishsiz aholining bandligini ta’minlash, aholining yer, mulk va kommunal idoralardan bo‘lgan qarzdorligini bartaraf etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.

Qo‘qon shahar hokimi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tib, bu boradagi ishlarni yuksak saviyada tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.









