Qo‘qon shahar hokimi «Si Lyu Feng» kompaniyasi mutasaddilari bilan muloqot qildi
2026-10-15 10:10:00 / Yangiliklar
Muloqot chog‘ida Qo‘qon shahrida turizm yo‘nalishlariga sarmoya kiritish, yangi turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish hamda rejalashtirilayotgan obyektlar dizayni muhokama etildi.

Qo‘qon shahar hokimi Xitoy sarmoyadorlari hamrohligida «Isfara guzar» mahallasidagi ko‘chalar, Qo‘qonsoy atrofidagi yo‘laklarni ko‘zdan kechirib, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.







