Qo‘qon shahar hokimi "Si lyu feng" kompaniyasi mutasaddilari bilan muzokaralar olib bormoqda
2026-10-13 10:05:00 / Yangiliklar
Avvalgi muloqot chog‘ida shahrimizda turizm loyihalarini rivojlantirish, sun’iy intellekt texnologiyalari va maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasiga sarmoya kiritish, Qo‘qon davlat universiteti bazasi asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, yuqori texnologik uskunalar olib kirish va turizm loyihalari bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olingan edi.

Bugun kengaytirilgan tartibda, sohaviy mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan muloqot chog‘ida ushbu loyihalarni amalga oshirishning aniq mexanizmalari va loyihalar muhokama etilmoqda.
Qo‘qon davlat universiteti va Xitoy Xalq Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy tajriba almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.



