Qo‘qon shahar hokimi yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal etish choralarini ko‘rmoqda
2026-10-08 05:10:00 / Yangiliklar
“Rayhon” mahallasida yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan muloqot chog‘ida Qo‘qon shahar hokimi mahalla tizimi mutasaddilari bilan muloqotda bo‘lib, yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb va hunarlarga o‘qitish, kichik biznes va tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan mahallada mehnat yarmarkasi tashkil etilib, yoshlarga shahrimizdagi korxonalar, idora-tashkilotlarda mavjud vakant ish o‘rinlari taklif etildi.
Yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit ajratish, axborot texnologiyalariga o‘qitish hamda ishga joylashtirish bilan bog‘liq masalalar joyida hal etilib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Xususan, mahallada istiqomat qiladigan voyaga yetmagan, imkoniyati cheklangan fuqaroga noutbuk taqdim etilib, bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashi uchun shart-sharoit yaratildi.









