Qo‘qon shahrida “5 qamrovli” ta’lim bilan ota-onalar ham qamrab olinadi
2026-10-11 10:25:00 / Yangiliklar
14-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida Janubiy Koreya fan va texnologiyalar instituti qoshidagi ta’lim strategiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi Li Syon Hyon va o‘quvchilarning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida “5 qamrovli” ta’lim strategiyasida ota-onalarning o‘rni va mas’uliyati, yoshlarning iqtidorlarini namoyon etish hamda bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, fanlarni mukammal egallashi uchun zarur shart-sharoitlar xususida ma’lumot berildi.






