Qo‘qon shahar hokimi Garvard universiteti mutaxassislari bilan onkologik kasalliklarni erta aniqlash masalasini muhokama qildi
2026-10-12 10:10:00 / Yangiliklar

Mazkur usul kolorektal saratonni, ya’ni yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak saratonini dastlabki bosqichlarda aniqlashga qaratilgan. Bunda najasdagi yashirin qonni aniqlovchi immunokimyoviy test (FIT) qo‘llanilib, tekshiruv natijalariga ko‘ra zarur hollarda fuqarolar kolonoskopiyaga yo‘naltiriladi.
Asaka tumanida amalga oshirilgan loyiha doirasida zamonaviy laboratoriya uskunalari va test to‘plamlaridan foydalanish bilan bir qatorda, mahalliy tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Muzokaralarda ushbu tajribani Qo‘qon shahrida qo‘llash imkoniyatlari, tibbiyot muassasalarining tayyorgarligi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur tashabbus onkologik kasalliklarni erta aniqlash, aholining profilaktik tekshiruvlar bilan qamrovini kengaytirish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi mumkin.



