Qo‘qon shahar hokimi tadbirkorlar bilan muloqot qildi
2026-10-06 10:10:00 / Yangiliklar
Muqimiy shaharchasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida 24/7 ko‘chasida barpo etilgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini jadal sur’at bilan ishga tushirish, qurilishi nihoyasiga yetkazilmagan obyektlardagi ishlarni nihoyasiga yetkazish masalalari muhokama etildi.

Mas’ullarga obyektlarni ishga tushirishda yuzaga kelayotgan muammo-masalalarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.






