Sanoat bozorlarida savdo qiladigan tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda
2026-10-06 10:05:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar bilan muloqotda bo‘lib, sanoat bozorida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan barcha fuqarolarni, faoliyat yo‘nalishidan qat’iy nazar, ro‘yxatdan o‘tkazish, tartibli va xavfsiz savdoni tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Maxsus ishchi guruh sanoat bozorlarida ish boshladi, uning vazifasi har bir tadbirkorni faoliyati, savdo nuqtasi haqidagi ma’lumotlarni elektron tizimga kiritishdan iborat.
Ushbu ma’lumotlar sanoat bozorlari faoliyati rivojini prognozlash va tadbirkorlar uchun yanada qulay va shaffof muhit yaratish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilishi kutilmoqda.




