Qo‘qon shahrida “Ma’rifat karvoni” seminarlari o‘tkazilmoqda
2026-10-03 10:10:00 / Yangiliklar
Seminarda ta'lim sohasi mutasaddilari, ichki ishlar xodimlari, idora, tashkilotlar rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar, yurtimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari hamda jamiyat oldidagi muhim vazifalar haqida ma’lumotlar berildi.

Belgilangan vazifalarni aholiga sodda va tushunarli tilda yetkazish, amalga oshirilayotgan islohotlarning inson hayotidagi amaliy ahamiyatini keng targ‘ib qilish, yoshlar va aholida Vatanga daxldorlik hamda mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida mavzu yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, videoroliklar namoyish etildi. Ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, savol-javoblar o‘tkazildi.






