Qo‘qon shahrida yangi ish o‘rinlarini yaratish, mavjud korxonalarning salohiyatini yanada yuksaltirish choralari ko‘rilmoqda
2026-09-29 10:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi "Indorama Textile Kokand" korxonasi mutasaddilari bilan muloqotda bo‘lib, istiqboldagi rejalari, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlarini o‘rgandi.

Korxonada yiliga 37 ming tonna kalava ip ishlab chiqariladi, joriy yilda yangi quvvatlar ishga tushirilib, ishlab chiqarish hajmi 40 ming tonnaga yetdi. Joriy yilda korxonadan 45 million AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilindi. Yangi ishlab chiqarish tsexida 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.









