Obod va ko‘rkam maskan!
2026-09-23 12:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi "Muqimiy" shaharchasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.

Xususan, mas’ullar va pudratchi tashkilotlar vakillari bilan muloqot chog‘ida qurilish ishlarini reja asosida, belgilangan muddatda nihoyasiga yetkazish, olib borilayotgan ishlar sifatini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.






