Qo‘qon universitetida “Orientation Week” tadbiriga start berildi
2026-09-21 10:10:00 / Yangiliklar

Tantanali marosimda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan ta’lim sohasini rivojlantirish, yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ular uchun zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritildi.
Yoshlarning sifatli bilim olishi, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi, ilg‘or texnologiyalarni puxta o‘zlashtirib, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida Qo‘qon universitetiga grant asosida qabul qilingan talabalar alohida e’tirof etilib, ularga grant sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.
“Orientation Week” doirasida talabalar universitetning ta’lim yo‘nalishlari, mavjud imkoniyatlar, zamonaviy o‘quv xonalari va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishadilar.
Tadbir yangi o‘quv yilini yangi maqsad va intilishlar bilan boshlayotgan yoshlar uchun o‘ziga xos motivatsion maydon vazifasini o‘taydi.









