Qo‘qon shahrida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi
2026-09-18 10:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar va mahallalar yettiligi bilan muloqotda bo‘lib, kun davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha, kichik biznes va tadbirkorlikka yo‘naltirish, mikrol loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil etdi.

Mutasaddilarga olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ma’lumotlarni elektron tizimlarga kiritishda mas’uliyatini oshirish, har bir oila, har bir fuqaroga individual yondashish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.






