Qo‘qon shahrida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi
2026-09-19 10:10:00 / Yangiliklar

Mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyati, yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, “Yoshlar daftari” bilan ishlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Muloqot tanqidiy ruhda o‘tib, yoshlar yetakchilari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan muammo va kamchiliklar ochiq muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish hamda ishlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, har bir mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.






