Ota-onalar uchun qulaylik, bolalar uchun e’tibor va g‘amxo‘rlik
2026-09-15 10:05:00 / Yangiliklar

Markaz nogironligi bo‘lgan bolalarni kunduzgi parvarish bilan qamrab olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish maqsadida xizmat ko‘rsatadi.
Bunday markazlarning faoliyati, ayniqsa, farzandi nogironligi bo‘lgan ota-onalar uchun muhim qulaylik yaratadi. Jumladan, bolalar kun davomida zarur parvarish va e’tibor bilan qamrab olinishi natijasida ota-onalar mehnat qilish, kasb-hunar bilan shug‘ullanish yoki o‘z daromad manbasini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar, bolalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda ularni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari o‘rganildi. Mas’ullarga markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va bolalar uchun zarur sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.






