Qo‘qon shahar hokimi «Kalvak guzari» mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida fuqarolar va tadbirkorlarning ijtimoiy muammolarini hal etish choralarini ko‘rdi.
2026-09-16 10:05:00 / Yangiliklar
Xususan, aholidan uy-joy sharoitini yaxshilash, yer, mulk, kadastr bilan bog‘liq masalalar, mutasaddilar faoliyati yuzasidan kelib tushgan shikoyatlar, davolanish va dori-darmon uchun moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqilib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qabulda mahalla tizimi mutasaddilari, murojaatlardagi muammo-masalalarga aloqador rahbarlar ham ishtirok etib, murojaatlarni ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Murojaatlar yuzasidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosi yuzasidan mas’ullar belgilanib, ijrosi Qo‘qon shahar hokimining shaxsiy nazoratiga olindi.






