O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘qon shahridagi Xalq qabulxonasiga yangi muovin tayinlandi
2026-09-16 14:05:00 / Yangiliklar

Aholi murojaatlari bilan ishlash, turli darajadagi mansabdorlar tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda xalq bilan bevosita muloqot qilish hamda Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarni samarali hal etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir, dedi, shu jumladan, Abduhoshim Abdullaev.
Shundan so‘ng, shu kunga qadar Qo‘qon shahar hokimligi devonxonasi mudiri lavozimida ishlab kelgan Turopov Tohirjon Tolibjon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘qon shahridagi Xalq qabulxonasi rahbari muovini etib tayinlangani ma’lum qilindi.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham Tohirjon Turopovning mutaxassis va inson sifatidagi ijobiy salohiyati, erishgan natijalarini e’tirof etib, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
❗️ Ma'lumot uchun: tuman (shahar) hokimlari bir vaqtning o‘zida tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi.









