Yoshlar sporti: mahallalarda qamrovni oshirishga e’tibor kuchaytiriladi
2026-09-16 13:10:00 / Yangiliklar

Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari Nozimjon Nasimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda shahar Yoshlar yetakchilari rahbari, mutaxassislari hamda mahallalardagi Yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Unda, avvalo, mahallalarda ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ta’lim muassasalarida sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar qamrovini oshirish, mavjud sport maydonlari va inshootlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallalarda turli sport musobaqalarini ko‘paytirish, yoshlarni ommaviy sportga jalb etish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha mas’ullarning vazifalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olish, bu borada profilaktik va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlar bilan ishlashda aniq natijalarga erishish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


