Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va inklyuziv ta'limni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda
2026-09-16 10:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari N. Nasimov 43- va 44-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida maktablarda tashkil etilgan chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) xonalarining faoliyati, ularda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mashg‘ulotlarni tashkil etish holati o‘rganildi.
Shuningdek, maktablarda inklyuziv ta’lim jarayonining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.



