Qo‘qon shahrining yangi Bosh rejasi (Masterplan) loyihasi muhokama qilindi
2026-09-03 17:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov soha mutasaddilari, arxitektorlar va tegishli idoralar vakillari bilan YUNESKOning Dastlabki ro‘yxatiga (Tentative List) kiritilgan Qo‘qon shahrining tarixiy-madaniy merosini asrash hamda kompleks rivojlantirishga qaratilgan yangi operatsion Bosh reja (Masterplan) konsepsiyasini ko‘rib chiqdi.

Mazkur strategik loyiha O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (ACDF) tashabbusi bilan Fransiyaning xalqaro miqyosda tan olingan “Wilmotte & Associés Architectes” arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Bosh reja Buxoro, Xiva va Samarqand shaharlarida qo‘llanilgan muvaffaqiyatli xalqaro metodologiyaga tayangan holda, 12 oy davomida to‘rt bosqichda to‘liq shakllantirilishi rejalashtirilgan.
Muloqot chog’ida shaharsozlik hujjatida belgilangan asosiy yo‘nalishlar (ishchi paket) va ustuvor vazifalar atroflicha muhokama etildi.






