Mahallalarda Mustaqillik shodiyonalari
2026-08-29 10:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahrining mahallalarida Mustaqillik bayrami shukuhi hukm surmoqda.

Xususan, “G‘ishtko‘prik” mahallasida tashkil etilgan bayram tadbirida yoshlar, nuroniylar va faol fuqarolar jam bo‘lib, ulug‘ ayyomni ko‘tarinki kayfiyatda nishonladilar.
Tadbir davomida san’atkorlar va mahalla yoshlari ishtirokida konsert dasturi, raqslar hamda turli ko‘ngilochar tomoshalar namoyish etildi. Yoshlar o‘rtasida shashka bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, g‘oliblar munosib taqdirlandilar.
Bunday tadbirlar mahallalarda bayramona muhitni yanada yuksaltirib, aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlamoqda.









