Qo‘qon shahrida Mustaqillik bayrami arafasida keng ko‘lamli obodonlashtirish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
2026-08-28 10:25:00 / Yangiliklar
Xususan, "Muqimiy" shaharchasida o‘tkazilgan ozodalik tadbiri davomida hududlar qurilish chiqindilaridan tozalanib, ko‘cha va xiyobonlar ko‘rkam ko‘rinishga keltirildi.

Ayni paytda bu yerda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari doirasida mahalla yangicha qiyofaga ega bo‘lmoqda. Yangi piyodalar yo‘laklari, fontan va xiyobonlar, dam olish maskanlari, yashil hududlar barpo bo‘lmoqda.









