Qo‘qon shahrida robototexnika va dronlar ishlab chiqilishini nazarda tutuvchi memorandum imzolandi
2026-08-26 10:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Xitoy sarmoyadori Liu Yubin boshchiligidagi delegatsiya bilan muloqotda bo‘lib, Qo‘qon shahrida robototexnika va dronlar ishlab chiqarish, axborot texnologiyalari markazini barpo etish va shahrimizdagi turizm ko‘chalariga sarmoya kiritish masalalarini muhokama etdi.

Muloqot chog‘ida muhokama etilgan masalalar yuzasidan kelishuvga erishilib, hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Oybekjon Mingbayev zimmasiga yuklatildi.






