Mustaqillik bayramida ko‘tarinki kayfiyat
2026-08-25 20:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Bayram shukuhiga xorijiy sayyohlar ham sherik bo‘lib, yurtdoshlarimiz bilan birgalikda tantanadan zavq olishmoqda. Tadbir ishtirokchilariga bayram tortlari ham tarqatilmoqda.
Mustaqillik bayrami — barchamiz uchun quvonch, birdamlik va ezgu tilaklar ayyomi!






