Qo‘qon shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tmoqda
2026-08-25 20:05:00 / Yangiliklar
O‘rda maydonida o‘tkazilayotgan bayram tadbirida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov barcha hamyurtlarimizni samimiy muborakbod etib, mamlakatimizda va shahrimizda davlatimiz rahbarining rahnamoligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Yangi O‘zbekiston, Yangi Qo‘qonni yaratish borasida butun xalqimiz bilan hamjihatlikda maqsad qilib qo‘yilgan vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Yuzlab hamshaharlarimiz jam bo‘lgan maydondan O‘zbekiston davlat madhiyasi yangrab, konsert dasturiga start berildi.






