Qo‘qon shahrida ommaviy obodonlashtirish tadbirlariga start berildi!
2026-08-22 07:15:00 / Yangiliklar

«Dolzarb 40 kunlik» shtabiga mahallalardan obodonlashtirish tadbirlari davomida to‘plangan chiqindilarni olib chiqib ketish, moddiy va texnik ta’minot, ishchi kuchi bilan bog‘liq muammolarni zudlik bilan bartaraf etish, obodonlashtirish tadbirlarini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatildi.
Prezidentimizning «Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida, Qo‘qon mahallalarida aholi bilan manzilli ishlash, ijtimoiy-maishiy muammolarni barvaqt aniqlash va hal etish, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb qilish, ularni daromadli mehnat va tadbirkorlikka yo‘naltirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida samarali va tashabbuskor faoliyat ko‘rsatgan turli soha xodimlari pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildilar.









