Qo‘qon shahridagi turizm xabini barpo etish bo‘yicha kelishuvga erishildi
2026-08-21 14:10:00 / Yangiliklar
Xitoyning "Henan Yufu" qurilish muhandislik kompaniyasi Qo‘qon shahridagi Dasturxonchi madrasasi yonida turizm xabini qurish va turizm marshrutini milliy uslubda tashkil etishga sarmoya kiritadi.

Qo‘qon shahar hokimi bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Xitoy sarmoyadorlari bilan Muqimiy shaharchasida barpo etiladigan Axborot texnologiyalariga o‘qitish markaziga ham sarmoya kiritish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun: joriy yilning boshidan beri Qo‘qon shahrida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga 200 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar jalb etildi.



